Ö Ğ Ş Ç — bitta tugmada
Yangi oʻzbek lotin alifbosi uchun klaviatura. Har bir yangi harf — alohida tugma, oʻz juftining yonida.
Tez orada App Store va Google Play’da
Har bir harf oʻz juftining yonida
Yangi alifboda toʻrtta harf oʻzgaradi. Klaviaturada ular eski harfning yonida turadi — qoʻl oʻzi topadi.
- oʻÖ
- gʻĞ
- shŞ
- chÇ
Tutuq belgisi ham alohida tugmada. Bu aynan tutuq belgisi, oddiy apostrof emas.
Nimalar bor
- Kirill tartibi: «Кир» bilan oʻtasiz, «Lat» bilan qaytasiz. Oxirgi tanlovingiz eslab qolinadi
- Kirillda ё va ъ ham oʻz juftining yonida
- Emoji paneli: toifalar va «Koʻp ishlatilgan» boʻlimi
- Gap boshida harf avtomatik katta boʻladi
- Shift: bir marta — bitta katta harf, ikki marta tez — Caps Lock
- ⌫ ni bosib tursangiz, tez oʻchiradi
- Qorongʻi va yorugʻ rejim telefonga qarab oʻzi almashadi
Yozganingiz telefoningizda qoladi
- Internetga ulanmaydi
- Hech qanday maʼlumot yigʻmaydi
- iPhone’da «Toʻliq ruxsat» soʻramaydi
- Android’da birorta ham ruxsat soʻramaydi
Qanday yoqiladi
iPhone
- Sozlamalar → Umumiy → Klaviatura → Klaviaturalar
- «Yangi klaviatura qoʻshish» → «Özbekça»
- Yozayotganda 🌐 tugmasini bosib, Özbekça’ni tanlang
Android
- Ilovani oching
- «Klaviaturani yoqish» tugmasini bosing va Özbekça’ni yoqing
- «Klaviaturani tanlash» tugmasini bosing
Savol yoki taklif bormi?
Yozing yoki qoʻngʻiroq qiling: apple@unitedsoft.uz · +998 90 185 00 19